Jerrard jamoasi yangi mavsumda kuchayib bormoqda.
“Sevilya” himoyachisi Lyudvig Augustinsson “Aston Villa”ga ko‘chib o‘tdi. Bu haqda Angliya klubi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Vilya "Sevilya" futbolchisini 2022/2023 yilgi mavsum oxirigacha ijaraga oldi. Shundan so'ng Birmingem jamoasi Augustinssonning shartnomasini sotib olishi mumkin bo'ladi.
Lyudvig so'nggi mavsumda "Sevilya" tarkibida 19 ta o'yinda maydonga tushdi. Uning hisobida bitta golli uzatma bor.