Kataloniya klubi 18 yoshli ingliz futbolchisini sotib olmoqchi.
Karni Chukvuemeka Aston Villani tark etishi mumkin, deya xabar beradi jurnalist Fabritsio Romano.
Uning ma'lumotlariga ko'ra, 18 yoshli futbolchiga "Barselona" jiddiy qiziqish bildirmoqda. Angliya U-19 terma jamoasi vakilining salohiyati yuqori ekanligi alohida ta'kidlanadi.
Chukvuemekining Aston Villa bilan shartnomasi 2023 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.
O'tgan mavsumda Karni Premer-ligada 12 ta o'yinda maydonga tushib, bitta golga assistentlik qilgan.