Byankonerilar himoyani kuchaytirmoqchi.
"Yuventus" "Vilyarreal" himoyachisi Pau Torresga qiziqish bildirmoqda. Bu haqda Italiya matbuoti xabar bermoqda.
"Yuventus" zudlik bilan Matteys de Ligt o'rniga futbolchi qidirmoqda. Ikkinchisi "Chelsi" va "Bavariya" bilan muzokaralar olib bormoqda.
Qo'shimcha qilamizki, Torres Turinga o'tish uchun asosiy nomzod. “Yuventus” shuningdek, Gleyson Bremer (“Torino”) va Kalid Kulibaliga (“Napoli”) ham qiziqish bildirmoqda.