Sezar "Kamp Nou"ga ketayotgan edi.
Himoyachi Sezar Aspilikueta "Chelsi"ga faoliyatini "Barselona"da davom ettirmoqchi ekanligini malum qildi. Bu haqda jurnalist Nizar Kinsella xabar bermoqda.
Ayni damda Aspilikueta “Chelsi” bilan AQSH gastrollarida. Jamoa Los-Anjelesda mashg'ulot o'tkazmoqda.
2021/2022 yilgi mavsumda Sezar barcha musobaqalarni hisobga olgan holda 47 ta o'yin o'tkazib, shaxsiy hisobiga 3 ta gol va 3 ta golli uzatma yozdirib qo'ygan.