Rossiyalik yarim himoyachi klubini o'zgartirishi mumkin.
Janluka Di Marsioning ta'kidlashicha, "Roma" Miranchukni qo'lga kiritish uchun "Atalanta" bilan muzokaralarni boshlagan. Hozircha aniq tafsilotlar yo'q.
Malumki, «Atalanta» futbolchini sotish istagini yashirmayapti. Yarim himoyachi jamoadagi eng yuqori maoshlardan biriga ega va klub Chempionlar ligasiga chiqa olmadi.
Italiyada Miranchuk uchinchi mavsumga tayyorgarlik ko'rmoqda. Jan Peri Gasperini qo'l ostida, eng yaxshi holatda futbolchi rotatsiyadagi o'ringa ishonishi mumkin edi. Miranchuk 10 million yevro atrofida baholanmoqda.