Yarim himoyachi Turkiyada qolmoqda.
Istanbulning "Bashakshehir" jamoasi faxriy yarim himoyachi Mesut O'zil bilan shartnoma imzoladi. Bu haqda turk klubi matbuot xizmati xabar berdi.
Oldinroq O'zil "Fenerbaxche" bilan shartnomani bekor qilgandi. Erkin agent sifatida Istanbulga ko'chib o'tdi.
O‘zil o‘tgan mavsumda Turkiya Superligasida 22 ta o‘yinda maydonga tushdi. Uning hisobida 8 ta gol va 4 ta golli uzatma bor.