Arturo Braziliyaga jo'nab ketdi.
"Inter"ning sobiq yarim himoyachisi Arturo Vidal "Flamengo"ga o'tdi. Bu haqda Braziliya klubi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Yangi jamoada Vidal "32" raqami ostida o'ynaydi. Norasmiy ma'lumotlarga ko'ra, eng tajribali chililik futbolchining shartnomasi 2023 yil oxirigacha tuzilgan.
Bir necha kun avval Arturo Vidal "Inter" bilan mehnat shartnomasini bekor qilgandi. 35 yoshli yarim himoyachi erkin agent sifatida "Flamengo"ga o'tdi.