Biroq, gollandiyalik futbolchi hozirda Ispaniyada qolishni afzal ko'rmoqda.
Mashhur futbol insayderi Fabritsio Romanoning so'zlariga ko'ra, "Manchester Yunayted" Franki de Yongning transferi bo'yicha "Barselona" bilan to'liq kelishuvga erishgan. Transfer summasi 75 million yevro + bonuslar, jami 85 millionni tashkil qiladi.
Shartnomaning shaxsiy shartlari masalasi hamon dolzarbligicha qolmoqda, chunki ayni damda gollandiyalikning istagi o'zgarishsiz qolmoqda — Kataloniya gigantlarida qolish.
Eslatib o'tamiz, "Barsa" Usmon Dembele bilan shartnomani uzaytirdi.