Kelishuv yakunlangani aytilmoqda.
"Barselona" yarim himoyachisi Frenki de Yong tez orada "Manchester Yunayted"ga o'tadi. Buni insayder Fabritsio Romano yozgan. «Manchester Yunayted» 85 million yevro to‘laydi.
"Barselona" gollandiyalik futbolchini Manchesterga qo'yib yuborishga rozi bo'ldi. Barsa darhol 75 million oladi.
De Yongning transferi kataloniyaliklarga Robert Levandovskini sotib olishga yordam berishi kerak. "Barsa" allaqachon "Bavariya"ga to'rtta taklif yuborgan.