Yaremchukning raqibi chempionatni o'zgartirishi mumkin.
Parijliklar jamoaning yangi bosh murabbiyi Kristof Galtierning istaklarini inobatga olgan holda transfer kampaniyasini davom ettirmoqda.
Shu tariqa, Fransiya chempioni "Benfika" hujumchisi Gonsalo Ramoush xizmatlariga qiziqish bildirmoqda, deb xabar beradi Fabritsio Romano. "PSJ" direktori Luish Kampus portugaliyalikning qobiliyatini Ugo Ekitikedan pastroq baholaydi, ammo "Reyms" forvardi faoliyatini davom ettirish uchun boshqa klub tanlashi mumkinligini tan oladi.
Bundan tashqari, fransuz grandlari “Sassuolo” bilan Janluka Skamakka borasida muzokaralarni davom ettirmoqda, biroq forvard narxini 50 million yevroga pasaytira olmaydi.
Oldinroq «PSJ» Lionel Messi bilan shartnomani uzaytirishi mumkinligi haqida xabar berilgandi.