Abdu Diallo Italiya A seriyasiga o'tishi mumkin.
«PSJ» himoyachisi Abdu Diallo faoliyatini Italiya A seriyasida davom ettirishi mumkin.Bu haqda jurnalist Fabritsio Romano o‘z tvitterida xabar berdi.
Manbaga ko'ra, 26 yoshli senegallik tez orada "Chelsi"ga o'tishi kerak bo'lgan "neapolliklar"dagi hamyurti Kalidou Kulibalining o'rniga asosiy nomzod bo'lib turibdi.
Klublar o'rtasida muzokaralar boshlangan va transfer summasi 20-25 million yevro atrofida bo'lishi mumkin. Shuningdek, futbolchining shaxsiy shartnomasi bo'yicha katta talablari bor, bu esa qo'shimcha to'siq bo'lishi mumkin.
Diallo o'tgan mavsumda 16 o'yinda maydonga tushib, bitta golli uzatma va ikkita sariq kartochkaga ega bo'ldi.