Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Ispaniya » "Sevilya" Pepe uchun 18 million yevro taklif qilishga tayyor

"Sevilya" Pepe uchun 18 million yevro taklif qilishga tayyor

Автор: admin


2019 yilda London klubi futbolchini 80 million yevroga sotib oldi.

Londonning “Arsenal” klubi vingeri Nikolas Pepe faoliyatini Ispaniya La Ligasida davom ettirishi mumkin. Bu haqda Diario de Sevilla xabar berdi.

Manbaga ko'ra, "Sevilya" 27 yoshli ivuarlik futbolchi uchun 18 million yevro va bonuslar berishga tayyor, ammo "Arsenal" taxminan 25 million yevro olishga umid qilmoqda.

Qayd etilishicha, futbolchi Mikel Artetining rejalariga kirmaydi va uning o‘zi allaqachon “kanonirlar”ni tark etish istagini bildirgan.

Eslatib o‘tamiz, 2019-yilda “Arsenal” Pepeni “Lill”dan 80 million yevroga sotib olgandi.

O'tgan mavsumda Pepe 23 ta o'yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
152   
Добавить комментарий
Ваше имя: *
Наверх
La Liga Ispaniya chempionatidagi so'ngi yangiliklar Barselona haqidagi muhim yangiliklar Real Madrid bomba transferlari haqida Eng so;ngi El klassikolar haqida ma'lumotlar Ispaniya chempionatidagi yangiliklar La Liga klublari Atletiko Madrid Real Madrid Barselona Villareal Ispaniy kubigi Ispaniya kubigi Copa del Rey