«PSJ» futbolchidan klubni tark etishni so'radi.
Jorjinio Veynaldum Parijda qolishi dargumon. Yangi bosh murabbiy Kristof Galtier futbolchi bilan hisoblashmayapti.
Jurnalist Saber Defarjning fikricha, “Roma” futbolchiga asosiy da’vogarlardan biri. "Real Madrid" haqidagi mish-mishlar tasdiqlanmadi. Karlo Anchelotti avvalroq bu ma'lumotni rad etgan edi.
Veynaldum o'tgan yozda "PSJ"ga o'tgan edi. Gollandiyalik futbolchi asosiy tarkibga kira olmadi. Bungacha yarim himoyachi "Liverpul"da o'ynagan.