Kanada klubi Italiya uchburchagini birlashtirdi.
Toronto klubi Federiko Bernardeski bilan shartnoma imzolaganini e'lon qildi. 28 yoshli yarim himoyachi MLSning asosiy yulduzlaridan biriga aylanib bormoqda.
Futbolchi to'rt yillik shartnoma imzoladi. Yarim himoyachi klubga erkin agent sifatida kelib qo'shildi. Avvalroq Bernardeski Italiya chempionatida o'ynagan.
Toronto ta'sirchan kampaniya o'tkazdi. Klub avvalroq Lorenso Insinye va Domeniko Krishito bilan shartnoma imzolagandi.