“Qizil iblislar” fransiyalik himoyachi bilan shartnoma imzolamoqchi.
"Manchester Yunayted" joriy yozgi transfer oynasida tarkibni kuchaytirish ustida ishlamoqda.
Evening Standard xabariga ko'ra, "qizil iblislar" "Lans" himoyachisi Jonatan Klossni qo'lga kiritishga harakat qiladi.
Fransiyalik futbolchi transfer holatida Aaron Van-Bissaka va Diogo Dalot bilan raqobatlashadi.
29 yoshli himoyachi o'tgan mavsumda 40 o'yinda 5 gol va 11 golga assistentlik qilgan.
Eslatib o'tamiz, "Chelsi" va "Atletiko" klublari ham "Lans" himoyachisini maqsad qilgan, biroq hech qanday taklif haqida xabar berilmagan.