"Arsenal" futbolchisi Angliyada qolishi mumkin.
Bir kun avval ispan OAVlarida "Arsenal" vingeri Nikolas Pepe faoliyatini Ispaniyaning "Sevilya"sida davom ettirishi mumkinligi haqida ma'lumot paydo bo'ldi.
Taniqli insayder Ekrem Qo'nurning so'zlariga ko'ra, futbolchiga faqatgina "Rojiblancos" qiziqayotgani yo'q.
Bir qator ingliz klublari: "Everton", "Vest Xem" va "Lester" ham o'z tarixidagi eng qimmat futbolchini londonliklardan sotib olishga qarshi emas.
2019-yilda “Arsenal” Pepeni “Lill”dan 80 million yevroga sotib olgan bo‘lsa, endi uni 25 millionga sotmoqchi.
27 yoshli ivuarlik futbolchi "Arsenal" safida 112 ta o'yin o'tkazib, 27 ta gol va 21 ta golli uzatmani amalga oshirgan.