Forvardga klub bosh murabbiyi qiziqmoqda.
Ispaniyalik hujumchi Alvaro Morata yozda ijara muddati tugagach, "Yuventus"ni tark etgan edi.
Forvard "Atletiko Madrid"ga qaytdi, ammo bu uning yozgi transfer oynasidagi so'nggi manzili bo'lmasa kerak.
Sport.es xabariga ko'ra, "keksa sinyora" bosh murabbiyi Massimiliano Allegri Moratani ortga qaytarish zarur deb hisoblamoqda.
Murabbiy Morataning futbol maydonida katta hajmdagi ishlarni bajarishi va kerakli paytda gol urish imkoniyatini topa olish qobiliyatini yuqori baholaydi.
Diego Simeone Moratani rejalarga kiritmayapti, biroq matrasniklar bosslari undan 35 million yevro ishlab olmoqchi.