Futbolchiga "Barselona" ham qiziqmoqda.
"Aston Villa" yarim himoyachisi Karni Chukvuemeka yozgi transfer oynasida Ispaniya yoki Fransiyaning top klublaridan birida bo'lishi mumkin. Futbolchi xizmatiga «PSJ» va «Barselona» klublari qiziqish bildirmoqda. Bu haqda Britaniya OAVlari yozmoqda.
Chukvuemekning Aston Villa bilan shartnomasi 2023 yilning yozida yakuniga etadi. Futbolchining transferi 6 million yevroga baholanmoqda.
18 yoshli yarim himoyachi o'tgan mavsumda "Aston Villa" tarkibida 21 o'yinda maydonga tushdi. Futbolchi ikkita gol urdi va uchta golli uzatmani ham amalga oshirdi.