Kot-d'Ivuarlik futbolchi faoliyatini "tulkilar" tarkibida davom ettirishi mumkin.
Leicestershire Live nashri xabariga ko'ra, "Lester" Nikolas Pepe xizmatlariga qiziqish bildirmoqda.
Manbaga ko'ra, "tulkilar" yaqin vaqt ichida 27 yoshli futbolchi uchun taklif bilan chiqishlari mumkin. Ma'lumki, "Arsenal" o'z futbolchisi uchun yaxshi taklif tushsa, ko'p qarshilik ko'rsatmaydi.
2019-yilda “Arsenal” Pepeni “Lill”dan 80 million yevroga sotib olgan bo‘lsa, endi uni 25 millionga sotmoqchi.
27 yoshli ivuarlik futbolchi "Arsenal" safida 112 ta o'yin o'tkazib, 27 ta gol va 21 ta golli uzatmani amalga oshirgan.