"Shporlar" transfer bozorida ishlamoqda.
"Tottenxem" klubi "Barselona" hujumchisi Memfis Depay uchun taklif bilan chiqdi. Bu haqda ispan OAVlari xabar bermoqda.
Depay "Barsa" bosh murabbiyi Xavi Ernandesning rejalariga kiritilmagan. "Tottenxem" hozirgi vaziyatdan unumli foydalanib, Depay uchun 17 million yevro taklif qilmoqchi.
"Blaugranas" Memfisdan Yevropa valyutasida 20 million so'radi. Ingliz va ispan klublari muzokaralarni davom ettirmoqda.