Argentinalik forvard uchun ikki jamoa kurash olib bormoqda.
"Yuventus"ning sobiq hujumchisi Paulo Dibala yangi jamoa izlashda davom etmoqda. Romapress xabariga ko'ra, Dibalaga asosiy da'vogarlar - "Roma" va "Napoli".
"Roma"da Dibalani qo'lga kiritish imkoniyati ko'proq, chunki "Napoli" moliyaviy muammolarga duch kelmoqda. Oldinroq Italiya OAVlari «Roma» Pauloga mavsum uchun 6 million yevro to‘lashga tayyorligini xabar qilgandi.
Dibala avvalroq "Yuventus" bilan shartnomani uzaytirish taklifini rad etgandi. 1 iyul kuni argentinalik futbolchi rasman erkin agentga aylandi.