Neradzurrilar transfer bozorini ko'zlamoqda.
"Fiorentina" markaziy himoyachisi Nikola Milenkovich faoliyatini "Inter"da davom ettirishi mumkin. Bu haqda Italiya matbuoti xabar bermoqda.
Milenkovich «Torino» klubi vakili Gleyson Bremerga muqobil sifatida ko'rilmoqda. Nikolaning transferi 15 million yevroga baholanmoqda.
2021/2022 yilgi mavsumda Milenkovich binafsharanglilar safida A Seriyada 34 ta o'yin o'tkazdi va uning hisobida bitta gol bor.