Kataloniya klubi 32 yoshli futbolchini sotib olishga umid qilmoqda.
"Barselona" Sezar Aspilikuetaga jiddiy qiziqish bildirmoqda, deya xabar beradi FootMercato.
Manbaning xabariga ko'ra, Kataloniya klubi «Chelsi» futbolchisini sotib olishni 23-iyul, shanba kuniga qadar yakunlash niyatida.
Mish-mishlarga ko'ra, "ko'klar" o'z futbolchisi uchun taxminan yetti million funt olmoqchi.
Aspilikueta o'tgan mavsumda "Chelsi" safida barcha turnirlarda 47ta o'yin o'tkazib, 3ta gol va 3ta golga assistentlik qilgan.