Parijliklar yosh iqtidor egasi bilan shartnoma imzolamoqchi.
Parijliklar joriy yozgi transfer oynasida maydonning himoya chizig'ini kuchaytirish imkoniyatlarini ko'rib chiqmoqda.
A Bola xabariga ko'ra, frantsuz klubi Lissabonning "Sporting" klubi himoyachisi Gonsalo Ignasioni sotib olishni maqsad qilgan.
O'tgan mavsumda 20 yoshli futbolchi klub miqyosida 45 ta o'yin o'tkazib, 5 ta gol va 3 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.
Eslatib o'tamiz, parijliklar markaziy himoyachisi Presnel Kimpembeni sotish variantini ko'rib chiqmoqda.