Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Ispaniya » Laporta "Barselona" transferlari haqida nimalar dedi

Laporta "Barselona" transferlari haqida nimalar dedi

Автор: admin


Uning qayd etishicha, kataloniyaliklar hali ham xaridlar bilan hisoblashmoqda.

"Barselona" prezidenti Joan Laporta kataloniyaliklarning transferlari haqida gapirdi. Uning ta'kidlashicha, hozirda himoyani kuchaytirish ustuvor vazifadir.

“Biz raqobatbardosh jamoa tuzmoqchimiz, Xaviga yaxshi jamoa qurish uchun vositalarni bermoqchimiz va menimcha, biz to‘g‘ri yo‘ldamiz.

Mening orzuim "Barsa" yana global gigantga aylanishi va biz shu maqsadda ishlayapmiz. Iqtisodiyotimiz tiklanmasa, juda qiyin bo'ladi.

Biz bunga erishmoqdamiz, lekin yanada ko'proq ishlashimiz kerak. Futbol kutmaydi. Biz buni hozir qilishimiz kerak. [Usmon] Dembele, Rafinya, Levandovski, [Frank] Kessi, Oba [Pyer-Emerik Obameyang], Ferran [Torres] bilan hammasi yaxshi bo'ldi. Menimcha, Mateu Alemani va Jordi Kroyff ajoyib ish qilishyapti.

Himoya ustida ishlash vaqti keldi. Xavi bizni bir qancha o'yinchilarga e'tibor qaratishga majbur qildi va umid qilamanki, kataloniyaliklar ko'proq natijaga erisha oladilar", - deydi Laporta.
237   
Добавить комментарий
Ваше имя: *
Наверх
La Liga Ispaniya chempionatidagi so'ngi yangiliklar Barselona haqidagi muhim yangiliklar Real Madrid bomba transferlari haqida Eng so;ngi El klassikolar haqida ma'lumotlar Ispaniya chempionatidagi yangiliklar La Liga klublari Atletiko Madrid Real Madrid Barselona Villareal Ispaniy kubigi Ispaniya kubigi Copa del Rey