"Shporlar" kelajak uchun ishlaydi.
"Midlsbro"ning 21 yoshli himoyachisi Jed Spens "Tottenxem"ga o'tdi. Bu haqda "shporlar" matbuot xizmati xabar bermoqda.
Futbolchining shartnomasi 2027 yilgacha mo'ljallangan. Norasmiy ma'lumotlarga ko'ra, "Tottenxem" Spens uchun taxminan 15 million yevro to'lagan.
O'tgan mavsumda Spens "Nottingem Forest"ga ijaraga berilgan (46 o'yin, 3 gol + 5 golli uzatma) omadsiz qolmadi. Jed o'rmonchilarga Angliya Premer-ligasiga qaytishga yordam berdi.