Argentinalik futbolchi yangi ish topdi.
Hujumchi Paulo Dibala "Roma"ga o'tdi. Bu haqda Giallorossi matbuot xizmati xabar berdi.
Futbolchining shartnomasi 3 yilga mo'ljallangan. Norasmiy ma'lumotlarga ko'ra, Rimda Paulo bir mavsumda 6 million yevro ishlab oladi.
Dibala erkin agent maqomida Joze Mourino jamoasiga o'tganini qo'shimcha qilamiz. Avvalroq u "Yuventus" bilan mehnat shartnomasini uzaytirish borasida kelisha olmagandi.