“Norvich” yetakchisi chempionatni o‘zgartirishga yaqin turibdi.
"Borussiya Myonxengladbax", "Volfsburg" va "Marsel" "Norvich Siti" yulduzi Maks Aaronsga qiziqish bildirmoqda. Bu haqda Britaniya OAVlari yozmoqda.
"Norvich" o'tgan mavsumda chempionshipga tushib ketdi. Avvalroq Aaronsga "Arsenal" va "Manchester Yunayted" klublari qiziqayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
22 yoshli futbolchining "Norvich" bilan shartnomasi 2024 yilning yoziga qadar mo'ljallangan. Futbolchining transferi 22 million yevroga baholanmoqda.