Arteta ularga kerak emas.
Londonning “Arsenal” klubi yozgi transfer oynasida 8 nafar futbolchidan qutulishni kutmoqda. "Kanonirlar"ga tegishli, ammo klubga kerak bo'lmagan futbolchilar jamoani butunlay tark etishlari mumkin. Bu haqda Britaniya OAVlari yozmoqda.
Manbaning qayd etishicha, gap Nikolas Pepe, Eynsli Meytlend-Nayl, Ektor Belerin, Reiss Nelson kabi futbolchilar haqida ketmoqda. Folarin Balogun, Pablo Mari, Bernd Leno va Lukas Torreyra ham klubni tark etishi mumkin.
Ta'kidlanishicha, shu tariqa londonliklar maoshni qo'yib yuborishlari mumkin bo'ladi. O'tgan mavsumda "chiqib ketgan" ro'yxatidagi ba'zi futbolchilar boshqa jamoalarda ijara asosida o'ynagan.