Sadio "Bavariya"ga o'tdi.
"Bavariya" hujumchisi Sadio Mane nima uchun "Liverpul"ni tark etganini aytdi. U o'tgan yili jamoani tark etish haqida o'ylaganini tan oldi.
«To'g'risini aytsam, o'tgan yili jamoani o'zgartirmoqchi edim. Lekin munosib taklif bo'lmadi. Men Angliyada sakkiz yil o'ynadim, shundan olti yilni “Liverpul” libosida o'tkazdim.
Davom etish vaqti keldi. Qizillar bilan deyarli hamma narsani yutganman. Menga yangi chaqiruv kerak edi va men bunga erishdim”, dedi Mane.
Eslatib o'tamiz, Manening transferi "Bavariya"ga 32 million yevroga tushgan edi. Sadio nemis klubi bilan 3 yillik shartnoma imzoladi.