Erik yozda chempionatni o'zgartirishi mumkin.
"Manchester Yunayted" himoyachisi Erik Bayli A Seriyaga o'tishga yaqin turibdi. Futbolchiga "Roma" faol qiziqish bildirmoqda. Bu haqda Britaniya OAVlari yozmoqda.
28 yoshli ivuarlik futbolchining mankunianliklar bilan shartnomasi 2024 yilning yozida yakuniga etadi. Futbolchining transferi 6 million yevroga baholanmoqda.
O‘tgan mavsumda markaziy himoyachi “qizil iblislar” safida bor yo‘g‘i 7 ta o‘yinda maydonga tushdi. Futbolchi samarali harakatlari bilan ajralib turolmadi.