Futbolchi chempionatni o'zgartirishga yaqin turibdi.
"Arsenal" himoyachisi Nuno Tavares yaqin vaqt ichida ligani o'zgartirishi mumkin. Futbolchining xizmatlariga “Atalanta” qiziqish bildirmoqda. Bu haqda Italiya OAVlari yozmoqda.
Manbaga ko'ra, bergamaskliklar futbolchini bir yilga ijaraga olmoqchi. Shartnoma 22 yoshli portugaliyalikni sotib olish variantini ham o'z ichiga oladi. Oldinroq "Marsel" va "Brayton"ning ko'zlari Tavaresga tushgani xabar qilingandi.
Tavares o'tgan mavsumda "Arsenal" safida 28 ta o'yinda maydonga tushdi. Futbolchi bir gol va ikkita golli uzatmani amalga oshirdi.