Leoning qaytishiga ishorami?
"Barselona" prezidenti Joan Laporta Leo Messining qaytishi mumkinligini aytdi. Argentinalik futbolchi deyarli butun faoliyatini ko'k granatada o'tkazdi, hozir hujumchi "PSJ"da o'ynaydi.
“Tan olaman, “Barsa”ning Leo Messi bilan bo'lgan hikoyasi hali tugamaganiga aminman. Biz uni chiroyli yakunlash uchun qo'limizdan kelganini qilamiz. Klub rahbari sifatida men Leodan qarzdor ekanligimni tushunaman”, - dedi Laporta.
Leo Messining parijliklar bilan shartnomasi 2023 yilda yakuniga etadi. Biroq, PSJ argentinalik yulduzni yana bir yilga uzaytirishi mumkin.