Premer-liganing yangi futbolchisi mavsum oldidan kuchayib bormoqda.
Insayder Nikola Shira "Betis" himoyachisiga "Nottingem"ning qiziqishi haqida gapirdi. Gap 29 yoshli ispaniyalik himoyachi Aleks Moreno haqida ketmoqda.
Futbolchining "Betis" bilan shartnomasi 2025 yilning yoziga qadar mo'ljallangan. Himoyachining transferi 18 million yevroga baholanmoqda.
Moreno o'tgan mavsumni samarali o'tkazdi. Himoyachi jamoasi safida 45 ta o‘yinda maydonga tushib, 5 ta gol urishga erishdi. Shuningdek, futbolchi beshta golli uzatma muallifiga aylandi.