Himoyachi atrofidagi transfer dostoni susaymayapti.
"Sevilya" himoyachisi Jyul Kunde "Chelsi" va "Barselona" bilan muzokaralarni davom ettirmoqda.
Futbolchining ispan klubiga o'tishi kutilmoqda, deya xabar beradi Fabritsio Romano. Himoyachi Kataloniyada taklif qilingan shartlarga rozi bo'ldi.
Biroq oxirgi paytlarda Kunde «Chelsi»ning taklifiga quloq tutdi va baribir Xavi jamoasiga moyil bo'ldi. Qayd etilishicha, klublar o‘rtasidagi kelishuv anchadan beri tayyor edi.
Fransiyalik futbolchi o‘tgan mavsumda klub safida 44 ta o‘yinda maydonga tushib, 3 ta gol va 1 ta golli uzatmani amalga oshirgan.
Avvalroq Kundening "Chelsi"ga o'tish imkoniyati borligi haqida xabar berilgandi.