Futbolchi ham “Vest Xem”ni ko'rishni xohlardi.
"Nyukasl" va "Everton" ushbu transfer oynasida "Chelsi" hujumchisi Armando Broyani sotib olmoqchi. Avvalroq hujumchiga "Vest Xem" ham qiziqish bildirgan. Bu haqda Britaniya OAVlari yozmoqda.
"I Sport"ning ta'kidlashicha, "Vest Xem" futbolchini taklif qilish g'oyasidan voz kechdi - avvalroq "bolg'achilar" futbolchini ijaraga olmoqchi ekani xabar qilingandi. Biroq “Chelsi” bosh murabbiyi Tomas Tuxel klub albaniyalik futbolchini topshirish niyatida emasligini aytdi.
O'tgan mavsumda Broya "Sautgempton"da ijarada o'ynagan edi. 20 yoshli hujumchi 9 ta gol urdi va bitta golli uzatmani ham amalga oshirdi.