Kataloniya klubi zudlik bilan muqobil variant qidirmoqda.
Ispaniya matbuoti xabariga ko'ra, Markos Alonso "Barselona"ga o'tmaydi. "Chelsi" va Kataloniya klubi o'rtasidagi munosabatlar Jyul Kunde transferi sagasi tufayli yomonlashdi.
Endi Alonsoning o'rniga muqobil nomzod - Xavi Galan. "Selta"ning chap qanot himoyachisi 18 million yevroga baholanmoqda. Bu transfer muammo bo'lmasligi kerak.
Galan 2021 yildan buyon "Selta Vigo" safida to'p suradi. Hech qachon Ispaniya terma jamoasiga chaqirilmagan.