Filipp klub ro'yxatini o'zgartiradi.
"Vest Xem" "Ayntraxt" yarim himoyachisi Filip Kostichni sotib olishga yaqin turibdi. Bu haqda jurnalist Fabritsio Romano xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, Kostich "bolg'achilar" bilan shartnoma shartlari bo'yicha muzokara olib bormoqda. "Vest Xem" imkon qadar tezroq "Ayntraxt"ning top futbolchisining transferini amalga oshirishga harakat qiladi.
"Sassuolo" hujumchisi Janluka Skamakka ham yaqin orada Sharqiy London klubiga o'tishi kutilmoqda.