Neto Italiyaga qaytishi mumkin.
"Napoli" "Barselona" darvozaboni Netoni o'z safiga qo'shib olmoqchi, deya xabar beradi italiyalik jurnalist Nikolo Scira.
31 yoshli braziliyalik Kataloniya klubini tekinga tark etadi va neapolliklar bilan 2 yillik shartnoma imzolaydi. Muzokaralar muvaffaqiyatli o'tishi kerak, chunki Neto "blaugranas" bosh murabbiyi Xavining rejalariga kirmaydi.
Eslatib o‘tamiz, lotin amerikalik futbolchi avval Italiyada to‘p surgan: 2011-2015-yillarda “Fiorentina”, 2015-yildan 2017-yilgacha “Yuventus”da o‘ynagan.
Eslatib o‘tamiz, “Napoli” raqibi “Dinamo” himoyachisi bilan shartnoma imzolashga bir qadam qolgan.