Nemis futbolchini ijaraga olishi mumkin.
Turinning "Yuventus" klubi mamlakat chempioni unvonini qaytarish umidida A Seriya boshlanishi arafasida jamoa tarkibini yakunlashda davom etmoqda.
Xullas, “keksa sinora” bor etiborini Londonning “Chelsi” klubi hujumchisi Timo Vernerga qaratdi, deya xabar beradi Fabritsio Romano.
Tomonlar allaqachon muzokaralarni boshlab yuborishgan. “Pensionerlar” “RB Leyptsig”dan o‘tganidan keyin hamon o‘zidan kutilganini oqlay olmayotgan futbolchidan qutulishga qarshi emas.
Qizig'i shundaki, "Chelsi" ham to'liq transfer, ham futbolchini ijaraga berish imkoniyatini ko'rib chiqmoqda.
O'tgan mavsumda Verner Premer-ligada 21 ta o'yin o'tkazib, 4 ta gol urishga muvaffaq bo'ldi.
Ijrochiga "Nyukasl" qiziqish bildirayotgani avvalroq xabar qilingandi.