Hakim Londonda qolishni istamaydi.
"Chelsi" vingeri Hakim Ziyech yozgi transfer oynasi yopilguniga qadar klub ro'yxatini o'zgartirmoqchi. Bu haqda Britaniya matbuoti xabar bermoqda.
Ziyechga “Milan” faol qiziqish bildirmoqda. Futbolchining o'zi ham "rossoneri"ga o'tishga qarshi emas.
Katta ehtimol bilan "Milan" Ziyexni ijaraga oladi. Bitim 8,5 million funtga baholangan.