Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Ispaniya » Kunde nima uchun "Barselona"ni tanlaganini aytdi

Kunde nima uchun "Barselona"ni tanlaganini aytdi

Автор: admin


Fransiyalik himoyachi "ko'k-grant" maqomiga o'tdi.

Himoyachi Jyul Kunde tez orada tibbiy ko'rikdan o'tadi va "Barselona" futbolchisiga aylanadi. Fransiyalik futbolchi kataloniyaliklarni bosh murabbiy Xavi Ernandes tufayli tanlaganini aytadi.

"Men chindan ham faxrlanaman, minnatdorman. Jamoaga qo'shilishni va o'z hikoyamni "Barselona"da boshlashni sabrsizlik bilan kutyapman. "Sevilya"ga minnatdorchilik bildiraman, lekin, albatta, "Barselona" mening faoliyatimdagi oldinga qadamdir. Bu erda men barcha unvonlarni qo'lga kiritmoqchiman.

Bu yerga kelishimga Xavi katta sababdir. Uning suhbatlari meni ishontirdi, men jamoa bilan ishlashni boshlaganimdan xursandman. Biz futbolni xuddi shunday ko'rishimiz aniq”, - dedi Kunde Fabritsio Romano.

O‘tgan futbol yilida fransiyalik futbolchi klub miqyosida 44 ta o‘yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.

Oldinroq "Manchester Siti" "Barselona"dan Kundeni ushlab olishga uringani haqida ma'lumot paydo bo'lgandi.
79   
Добавить комментарий
Ваше имя: *
Наверх
La Liga Ispaniya chempionatidagi so'ngi yangiliklar Barselona haqidagi muhim yangiliklar Real Madrid bomba transferlari haqida Eng so;ngi El klassikolar haqida ma'lumotlar Ispaniya chempionatidagi yangiliklar La Liga klublari Atletiko Madrid Real Madrid Barselona Villareal Ispaniy kubigi Ispaniya kubigi Copa del Rey