Futbolchi ushbu transfer oynasida yangi klubga o'tishi mumkin.
“Roma” hujumchisi Eldor Shomurodov Rim klubini tark etishga yaqin turibdi. Hujumchining xizmatlariga “Torino” qiziqish bildirmoqda. Bu haqda Corriere Gramata yozadi.
Manbaning qayd etishicha, “Torino” allaqachon futbolchini sotib olish bo'yicha so'rov yuborgan. Qayd etilishicha, Turin klubi o‘zbekistonlik hujumchini keyingi sotib olish imkoniyati bilan ijaraga olmoqchi.
Shomurodov o'tgan mavsumda "Roma"ning 40ta o'yinida maydonga tushdi. Hujumchi beshta gol urdi va oltita golli uzatmani ham amalga oshirdi.