Portugaliyalik mutaxassis Rimda uch futbolchining kelajagini ko'rmayapti.
Il Romanista nashrining yozishicha, Joze Mourino endi Karles Peres, Klyuyvert va Shomurodov bilan hisoblanmaydi. Buning evaziga murabbiy Jorginyo Veynaldumni qo'lga kiritishni so'raydi.
Peres "Selta"ga o'tishi kutilmoqda. Klyuyvertning "Fulxem"da varianti bor. Shomurodovning agenti avvalroq yaqin oradagi transferni tasdiqlagan, biroq klub nomini aytmagan.
Manbaga ko‘ra, Shomurodovning Germaniyadan takliflari bor.