“Bo‘rilar” bozorni kuzatishda davom etmoqda.
"Tottenxem" markaziy himoyachisi Yafet Tanganga "Roma"ga o'tishi mumkin. Bu haqda Goal.com nashrining Britaniya bo'limi xabar bermoqda.
Manbaga ko'ra, "Roma" bosh murabbiyi Joze Mourino Tanganga transferini talab qilmoqda. "Milan" ham "shporlar" futbolchisiga da'vogar.
2021/2022-yilgi mavsumda Tanganga Premer-ligada 11ta o'yinda maydonga tushib, gol ura olmadi.