Kamtarona klub uchun ajoyib transfer.
Madridning “Real” klubi Borxa Mayoralning sotilganini tasdiqladi. Klublar o'n million evro miqdorida tovon puliga kelishdi.
Xetafe xabariga ko'ra, hujumchi bilan 5 yilga shartnoma imzolangan. Futbolchi o'tgan mavsumni klub safida ijara asosida o'tkazdi.
Mayoral "Real Madrid" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. 25 yoshli hujumchi Karlo Anchelotti bilan gaplashib, klubni tark etishga qaror qildi. Murabbiyning tushuntirishicha, Mayoral yangi mavsumda Benzemaning o'rinbosar roliga ham ega bo'lmaydi.