"Shporlar" balastdan xalos bo'lishadi.
Darhol "Tottenxem"ning 4 nafar futbolchisi transferga qo'yildi. Bu haqda Britaniya matbuoti xabar bermoqda.
Serxio Regilon, Tanguy Ndombele, Jovanni Lo Selso va Garri Uinks "shporlar" safini tark etishlari kerak. Antonio Konte boshchiligidagi "Tottenxem Hotspur" murabbiylar shtabi yuqorida tilga olingan futbolchilar bilan hisoblashmaydi.
Qo'shimcha qilamizki, Lo Selso "Napoli"ga qiziq, Regilon "Barselona"ga o'tishi mumkin, Uinks esa "Everton" tomonidan da'vo qilinadi. Ndombelega kelsak, u Turkiyada (Galatasaroy) ish topish imkoniyatiga ega.