“Qizil iblislar” hujum guruhiga yangi futbolchi olmoqchi.
"Zalsburg"ning 19 yoshli hujumchisi Benjamin Seshko faoliyatini "Manchester Yunayted"da davom ettirishi mumkin. Bu haqda jurnalist Fabritsio Romano xabar bermoqda.
Bir kun avval “Manchester Yunayted” vakillari Sheshkoning agentlari bilan uchrashishdi. Tomonlar sloveniyalik futbolchining "Old Trafford"ga o'tishi mumkinligini muhokama qilishdi.
Qo‘shimcha qilamizki, “qizil iblislar” Sheshkoga yagona da’vogarlar emas. “Zalsburg” futbolchisini “Nyukasl” va Dortmundning “Borussiya” klublari ham olmoqchi.