"Shporlar" Italiya bozoriga ko'nikmoqda.
"Udineze"ning chap qanot himoyachisi Iyenoma Udodji faoliyatini "Tottenxem"da davom ettirishi mumkin. Bu haqda nufuzli jurnalist Fabritsio Romano ma'lum qildi.
Qayd etilishicha, tomonlar hozirdanoq muzokaralar olib bormoqda.
Udojining "Udineze" bilan shartnomasi 2026 yilning o'rtalariga qadar tuzilgan. O'tgan mavsumda u A Seriyada 35 ta o'yin o'tkazib, 5 ta gol va 3 ta golli uzatmani amalga oshirgan.
Qo'shimcha qilamizki, Turinning "Yuventus" klubi Udojiga jiddiy qiziqish bildirmoqda.