Aleks "Manchester Yunayted"ni tark etdi.
Himoyachi Aleks Telles “Sevilya”ga ijara asosida o‘tdi. Bu haqda Andalusiyaliklar matbuot xizmati xabar bermoqda.
Ijara shartnomasi 2022/23 yilgi mavsum uchun tuzilgan va sotib olish variantini o'z ichiga olmaydi.
Aleks Telles 2020 yilning kuzida 15 million evro evaziga "Portu"dan "Manchester Yunayted"ga o'tgan edi. Uning “qizil iblislar” bilan shartnomasi 2024 yilning yozida yakuniga etadi.